Слайд 1MIRZO ULUG’BEK VA ABDURAUF FITRAT TARIXIY ASARI BO’YICHA MA’NAVIY MA’RIFIY QARASHLAR.
Guruh:
35-12
Bajardi: Xidirkulova M.
Qabul qildi: Qilichev A.
Слайд 2 Ulug`bek Sohib Qiron Amir Temurning nabirasi, Shoxruhning to`ng`ich o`g`li bo`lib,
onasi Gavharishod og`a nufuzli qipchoq amirlaridan Qiyosiddin tarxonning qizi edi. U jahongir Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan harbiy yurishi vaqtida 1394 yil 22 martda Sultoniya shahrida tug`iladi.
Temurning hohishi bilan bolaga Muhammad Tarag`ay deb nom qo`yadilar. Lekin u yirik olim va fan arbobi bo`lgani tufayli ko`prok Ulug`bek ismi bilan mashxur bo`ldi.
Temur saroyida hukm surgan an'anaga binoan, shahzodalar bobosining katta xotini Saroymulkxonim tarbiyasiga topshiriladi. U yoshligidan o`tkir zehnli, kuchli xotirali, teran fikrli, qat'iyatli bo`lib yetishdi.
Ulug`bekning bolalik yillari haqida ana shuni ham aytish kerakki, u hamisha bobosining diqqat e'tiboriga sazovor bo`lgan. Temur butun muhabbatini ziyrak, hamma narsani bilishga harakat qilgan nabirasiga qaratadi va uning tarbiyasiga zo`r e'tibor berdi.
Слайд 3 Ulug`bek bilimdon va tajribali murabbiylar ya'ni astronomiya ilmining
bilimdoni Salohiddin Muso ibn Mahmud qozizoda Rumiy raqnamoligida fan asoslarini ayniqsa astranomiya ilmini puxta o`rgandi. Ular Ulug`bekni diniy va dunyoviy ilmlarning asosi bilan yaqindan tanishtirdilar. Bir qator manbalarda keltirilishicha, 1397-98 yiliyoq, kelajakda katta shoir va olim bo`lib yetishgan shayx Orif Ozariy ham Ulug`bekning murabbiysi qilib tayinlangan edi.
Ulug`bek juda yosh bo`lishiga qaramay, davlat kengashlariga, mas'ul qabul marosimlariga ham kiritilar va hamisha bobosining chap tomonida o`tirar edi. Demak, Temur bu nabirasini davlat ishlarini boshqarishga ham tayyorlab borgan.
Ulug`bekning yoshligi Movorounnahrda markazlashgan yirik davlat yuzaga kelgan sharoitda, bobosi Temurning harbiy yurishlari davrida o`tdi.
Слайд 4 Ulug`bekning ilmiy va madaniy merosi.
Ulug`bek buyuk
astronom, matematik, davlat arbobi. U O`rta Osiyo xalqlari ilmu fani va madaniyatini o`z davrida dunyo fanining oldingi safiga olib chiqqan buyuk olimlaridan biridir.
Mirzo Ulug`bekdan jahon fani va madaniyati rivojiga muhim hissa bo`lib qo`shilgan ilmiy va madaniy meros qolgan. Shulardan biri "Ziji jadidi Kuragoniy" deb nomlangan astronomik jadval hisoblanadi.
Ulug`bek tibbiyot va musiqa bilan qiziqqan, she'rlar ham yozgan. Alisher Navoyining "Majolis un-nafois" va Abu Toxirxojaning "Samariya" asarlarida uning she'rlaridan namunalar keltiriladi. Uning davrida ko`pgina asarlar arab va fors tilidan eski o`zbek tiliga tarjima qilingan.
Ulug`bek tashkil etgan boy kutubxonada turli fanlarga oid 15000 dan ortiq ko`p tomli kitoblar bo`lgan.
Слайд 5 Ulug`bek yunon olimlaridan Aflotun, Aratsu,
Gipparx, Ptolemeylarning klassik asarlari bilan tanish bo`lgan va o`z vatandoshlari Ahmad Farg`oniy, Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy kabi olimlarning asarlarini yaxshi o`rgangan. Samarqanddagi Ulug`bek madrasasi faqat oliy uquv yurtigina emas, rasadxona bilan birga olganda o`sha davrning akademiyasi ham edi. Ulug`bekning ustozi zamonasining mashhur olimi, matematik va astronom qozizoda Rumiy madrasa muallimlaridan biri bo`lgan.
Ulug`bekning o`zi ham astronomiyadan dars bergan, Qiyosiddin Jamshid Koshiy, Muyniddin, Mansur Koshiy, Muhammad Birjoniy Ulug`bek maktabining taniqli astronomlari edilar. Ulug`bek olib borgan ilmiy ishlarida unga yaqindan yordam bergan shogirdlaridan biri Ali qushchidir.
Слайд 6Mirzo Uluqbekning "Ziji jadidi Kuragoniy" asari
Samarqand munajjimlari va ularning g`amxo`r,
mohir yetakchisi bo`lgan Mirzo Ulug`bek falakiyot fanining taraqqiyotga salmoqli qissa qo`shdi.
Uning "Ziji jadidi Kuragoniy" asari astronomiya ilmi tarixida alohida o`rin tutadi va u o`rta asr falakiyot fanining durdonasi hisoblanadi.
"Ziji jadidi Kuragoniy" avvalambor Mirzo Ulug`bek bosh qosh bo`lgan Samarqand rasadxonasining ko`p yillik mehnati samarasi Sharq klassik astronomiyasining nazariy va amaliy masalalarini o`zida mujassamlashtirgan, uni yangi dalilu-isbotlar bilan boyitgan shoh asardir.
"Ziji jadidi Kuragoniy" asosan ikki qismdan: katta muqaddima va 1018 ta yulduzlarning o`rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
Слайд 7Muqaddimaning o`zi to`rtta mustaqil qismga bo`lingan. Ular:
Birinchi qismi yetti bobdan iborat.
"Tarix, ya'ni xronologiyaning ma'rifati" deb nomlanadi. Astronomiyaning muhim poydevorlaridan hisoblangansanayoki yil hisobi, boshqacha so`z bilan aytganda yunonlar, arablar, eronliklar hamda uyqurlar qabul qilgan yil hisoblash usullari, ularning milliy bayramlari, shuningdek bu sanalarni kelib chiqishi masalalari bayon etiladi.
Ikkinchi qismi "Vaqtlar va unga taalluqli narsalar" deb nomlangan. Bu qism 22 bobdan iborat. Osmon burjlarining oqishi, yulduzlarning chiqishi va botish joylari, nisfan-nahor soatining rasad o`rni bo`lmish Samarqand kengligi nisbati; Shusha, Kayravon, Urmiya, Naxichevvon, Bulg`or, Madonin, Bag`dod, Basra, Kozerun, Itsahr, Qamadon, Ray, Doigon, Badqiz, Saraxs, Marv, Balx, Buxoro, O`sh, Qashqar, Chin, Beshbaliq, Qoraqurum, Samarqand, Tabriz, Usrushona, Xo`jand, Axsikat, Shosh, Tibat, Kashmir kabi shaharlarning (hammasi bo`lib 638 ta joy) kordinatalari, yetti iqlim va uning ma'rifati singari masalalar haqida gap ketadi.
Слайд 8ABDURAUF FITRAT MADANIYAT HAQIDAGI QARASHLARI
Abdurauf Fitrat o’zbek xalqi hayotda XX asr
tongida boshlangan Yangi Miiliy Uyg’onish davri va uyg’onish adabiyotining buyuk vakilidir.
Adibning hayoti va ijod yo’li. Abdurahim o’g’li Abdurauf 1886-yil Buxoroda tug’ildi. Mir Arab madrasasida o’qidi. Turkiyaning Istambul dorilfununidagi to’rt yillik tahsil Abdurauf dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. “Yosh buxorolilar” ning siyosiy kurashlaridagi faol ishtirok, maorifni isloh etish, jadidchilik harakatlaridagi jiddiy izlanishlar tufayli tug’ilgan savollarga bu mamlakatning zamonaviy kechmishlaridan javoblar qidirdi.
Bu vaqtda u “tug’ma iste’dod” ma’nosini anglatuvchi Fitrat taxallusi bilan ijod etayotgan shoir va yozuvchi sifatida el-yurtga taniqli edi.
Слайд 91917-yil Fevral inqilobida Fitrat o’z orzularini ham ko’rgandek bo’ldi, biroq Oktabr
to’ntarishi uning teran dunyoqarashiga yangi titroqlar soldi. Bir qarashda umidbaxsh ko’ringan, aslida esa, zaminida bosqinchilik g’oyalari, qatag’onlik siyosati qatag’on havolarda umidlarini goh ichiga yutib, goh oshkor etib yashadi.
Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan ilk bor tashkiliy ravishda shug’ullangan “Chig’atoy gurungi” jamiyatiga rahbarlik qildi. Samarqanddagi Pedakademiyada dars berdi, Toshkentda Fan qo’mitasi qoshidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo’lib ishladi.
Buxoro Xalq Respublikasining Tashqi ishlar xalq noziri, maorif noziri singari lavozimlardagi faoliyatida Fitratning davlat arbobi sifatida fazilatlari namoyon bo’ldi.
Fitrat o’zbek adabiyotini istiqlol ruhidagi ajoyib she’rlar, dramalar hamda tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga bag’ishlangan terantadqiqotlar bilan boyitdi.
Слайд 10 Uning “Chin sevish” (1920), “Hind ixtilochilari” (1923), “Arslon” (1925), “Vos’e
qo’zg’oloni” (1927), “Abulfayzxon” (1924), “Shaytonning tangriga isyoni” (1924) singari dramatik asarlari muallifiga katta shuhrat keltirdi. Bulardan tashqari, Fitratning yangi bir qator dramalar yozgani ma’lum, biroq ular bizgacha yetib kelmagan yoxud hozirgacha topilmagan.
Yozuvchi “Hindistonda bir farangi ila buxoroli bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilg’on munozarasi” (“Munozara”), “Hind sayyohi bayonoti”, “Qiyomat” nomli nasriy asarlarida zamonning dolzarb muammolarini yoritdi, xalqni marifat va ziyoga chorladi, yurt va yurtdoshlarning taraqqiyparvar bo’lishlarini orzu qildi.
Fitratning eng buyuk orzusi Vatanni ozod, elini erkin ko’rish edi. Bu yo’ldagi faoliyati va ijodi esa, mustabit tuzum maqsadlariga zid edi. U ana shu fidoiylikning qurboni bo’ldi.
Слайд 11Fitrat tamomila nohaq ayblar bilan 1938-yil 4-oktyabrda otib tashlandi.
Mustaqillik davriga kelib
Fitratning buyuk nomi tiklandi. Hayotini va ijodini atroflicha chuqur o’rganish boshlandi. Uch jilddan iborat “Tanlangan asarlar”i bosilib chiqdi. Yuksak saviyadagi asarlari 1991-yilda Alisher Navoiy nomidagi Respublika davlat mukofotiga munosib deb topildi.
Fitrat burun faoliyatini el va yurt ozodligi, taraqqiyot maqsadlariga bo’ysundirgan, shu zaylda davlatning boshqaruv tizimini, maorifni, tuzumni, jamiyatni isloh qilish g’oyalarni ilgari surgan, faylasuf va davlat arbobidir.
Shularni amalga oshirgach qahramonlar qiyofasini, orzu, umid, armonlarini badiiy asarlarida gavdalantirgan ulug’ san’atkordir. Olim sifatida uning tilshunoslikda ham xizmatlari katta.
Bularning barchasini birlashtiruvchi va uyg’unlashtiruvchi fazilat Fitratning Milliy uyg’onish davri jarchisi va yalovbardori ekanidadir.
Слайд 12Adib “Munozara” asarida bir farangi va buxorolik mudarrisning bahsida o’z ifodasini
topgan muammolar orqali yurtdoshlarini shu vaqtgacha hukm surganidan farqlanuvchi hayotga e’tiborini tortadi. Xususan, maorifni isloh etishga, mehnatga yangicha munosabatda bo’lishga da’vat etadi, dunyoning ilg’or xalqlaridan o’rganishga chorlaydi. Ma’lumki, Fitrat Turkistondagi jadidchilik harakatining eng peshqadam vakillaridan biri edi. Bu asarida uning ana shu jadidchilik g’oyalari o’zining yorqin ifodasini topdi.
Milliy uyg’onish g’oyalari, eng avvalo, shaxs erkinligi, ijtimoiy taraqqiyot muammolarini hal etishga qaratiladi. “Qiyomat” hikoyasi va uning bosh qahramoni Pochamirqiyofasida adib xuddi shu masalalarni talqin etdi. “Shaytonning tangriga isyoni” nomli she’riy dramasida bu muammo yanada keskinroq qo’yildi.
Слайд 13Go’yoki diniy xurofot tanqid qilinayotgan yo’sinda yozilgan dramada muallif o’zining asl
g’oya va maqsadlarini tagzaminli, yashirin shaklda ifodalaydi. Tangri, Shayton, Malak, Odam aro bo’lib o’tgan o’tkir munozara, bahlar asosida Fitrat asar yozilgan davrda o’z xalqi uchun nihoyatda muhim bo’lgan Vatan erki va shaxs erkinligi muammolarni badiiy gavdalantirdi.
Umuman, bu masala Fitrat dunyoqarashi va ijodining mehvaridan o’rin tutishini ta’kidlash joiz. Shu ma’noda “Yurt qayg’usi” rukni ostida berilgan qator mansuralar, sochma she’rlar, mitti publitistik da’vatnomalar muallifning Milliy uyg’onish jarchisi sifatidagi qiyofasiga abadiy o’chmas nur sochib turadi. Mana, ona timsolidagi Vatanga murojaat etilgan ana shunday mansuralarning biridan kichik parcha: “Qayg’u tutunlari ichra yog’dusiz qolgan ko’zlaring, u yosh yomg’urlaring nechuk to’kadir? Zulm zanjirlari bilan bog’langan qo’llaring nechun har yonga uzatiladir, nima tilaysan?..”
…Turonim sendan ayrilmoq – mening uchun o’limim,
Sening uchun o’lmoq mening tirikligimdir.