Слайд 1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY VILOYAT O’RTA MAXSUS
KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
NAVOIY VILOYAT O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI
NAVOIY KONCHILIK KOLLEJI
MAVZU: “Hayot” tushunchasi.
Hayotning kelib chiqishi haqida asosiy nazariyalar.
“ANIQ VA TABIIY FANLAR”KAFEDRASI O’QITUVCHISI: Fuzaylova Aziza Ubaydullayevna
NAVOIY-2016 YIL
Слайд 2MAVZU: “Hayot” tushunchasi.
Hayotning kelib chiqishi haqida asosiy nazariyalar.
DARS MAQSADI: Ta’limiy-
Hayot tushunchasi, tirik organizm va o’lik organizmlarning bir-biridan farqi, hayotning kelib chiqishi haqidagi farazlarni ilmiy asosda tushuntirish va shu mavzu bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy- O`quvchilarni biologiya fanlarga qiziqishini uyg’otish, kuzatuvchanlikka va o`zaro taqqoslashni o`rgatish bilan bir qatorda ekologik, vatanparvarlik, estetik tarbiyani amalga oshirish.
Rivojlantiruvchi- O`quvchilarni erkin fikrlash, ilmiy izlanuvchanlik, mustaqil va ijodiy faoliyatni shakllantirish.O’quvchilarni mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish.
DARSDA KUTILAYOTGAN NATIJALAR: O’quvchilar hayot tushunchasi, tirik organizm va o’lik organizmlarning bir-biridan farqi, hayotning kelib chiqishi to’g’risida kreotsionizm, transformizm, panpermiya, kimyoviy evolyutsiya, biologik evolyutsiya kabi faraz va nazariyalar hamda F.Redi va L.Paster tajribalari to’g’risida bilimlarga ega bo’ladilar.
TA’LIM METODLARI: “Internet”, “Korrekatura”, “Pinboard”, “Biologik loto”, “BBB”, “Blits-so’rov”, “Qarorlar shajarasi”. “Zakovatli zukko”.
Слайд 3BAHOLASH METODLARI: 5 ballik sistemada, mezonga asoslangan.
AXBOROT MANBALARI VA TEXNIK VOSITALAR:
kompyuter, videoproyektor, slaydlar, kartochkalar, doska, stend, videofilm,
O’TILAYOTGAN DARSGA AJRATILGAN VAQT: 80 daqiqa
UYGA VAZIFA: Mavzuni takrorlash, mavzu yuzasidan har bir nazariya bo’yicha konspekt va slayd taqdimotini ishlab chiqish.
OQUV JARAYONINING MAZMUNI: DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism-5 daqiqa
a) O’quvchilar bilan salomlashish
b) Davomatni tekshirish
v) Xona tozaligiga e’tibor berish
g) Fan yangiliklari bilan tanishtirish
2. O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini tekshirish: 20 daqiqa
a) O’quvchilar bilan savol javob
b) “Internet” o’yini
v) “Korrekatura” metodi
d) “Blits- so’rov” ,
Слайд 43. Yangi mavzu bayoni: 35 daqiqa
a) “Hayot tushunchasi”, Tirik organizmlar va ularning xususiyatlari.
b) Kreotsionizm, Transformizm.
v) Hayotning o’z o’zidan paydo bo’lishi.
g) Panspermiya, biokimyoviy evolyutsiya
4. Yangi mavzuni mustahkamlash: 15 daqiqa
a) “BBB” , “Biologik loto”
b) “Zakovatli zukko”
v) “Qarorlar shajarasi” plakat taqdimoti.
5. Dars yakuni: 5 daqiqa
a) O’quvchilarni bilimini baholash
b) O’quvchilarni rag’batlantirish
v) Uyga vazifalarni e’lon qilish
Слайд 5Биология фанининг муаммолари
Молекулаларнинг тузилиши ва функциясини аниқлаш
Организмлар тарихий ривожланишини аниқлаш
Бир ва
кўп ҳужайрали организмларнинг ривожланишини тартибга солиш механизмини билиш
Ерда ҳаётнинг пайдо бўлиши муаммосини ечиш ва тажрибада исботлаш
Инсонларнинг табиатга кўрсатадиган ижобий ва салбий таъсирини билиш
Одамнинг пайдо бўлиши билан боғлиқ бўлган баъзи муаммоларни ҳал қилиш.
Организмлар шахсий ривожланишидаги ирсият механизмлари
Биология фанининг муаммолари
Слайд 6REJA:
4. Panspermiya va hayotning o’z o’zidan
paydo bo’lishi haqidagi faraz.
5.
Biokimyoviy evolyutsiya
Слайд 7HAYOTNING KELIB CHIQISHI TO’G’RISIDA 5 ta faraz:
KREOTSIONIZM
Hayotning ilohiy kuch ishtirokida
yaratilganligi haqidagi nazariya
HAYOTNING ABADIY MAVJUD BO’LGANLIGI
Hayot rivojlanishdan kelib chiqmagan , balki u mangu bo’lib hozirgi kungacha o’zgarmay saqlanib kelganligi yohud qisman darajada o’zgargan bo’lishi haqidagi nazariya.
HAYOTNING O’Z-O’ZIDAN O’LIK TABIATDAN KELIB CHIQQANLIGI
Hayotning ,tirik organizmlarning tuproq, tosh, suv, havo, balchiq kabi unsurlardan kelib chiqqanligi haqidagi nazariya.
PANSPERMIYA
Hayotning manguligini ifodalaydi.Hayot kosmosda paydo bo’lganligi va uni bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko’chib yurishi haidagi nazariya.
BIOKIMYOVIY EVOLYUTSIYA
Hayotning avval kimyoviy evolyutsiya asosida paydo bo’lib so’ngra esa biologik evolyutsiya asosida rivojlanishi haqidagi nazariya.
Слайд 8
Yerda hayotning paydo bo’lishi to’g’risida
biokimyoviy evolyutsiya farazi
Olimlardan А. I. Oparin
1924 yili, Хоldeyn 1928 yili yerda hayotning qanday paydo bo’lganligi haqida abiogen nazariyani yaratdilar. А. I. Oparin hayot paydo bo’lishi haqidagi gipotezani yaratishda astrofizika, astroximiya, geologiya, bioximiya va boshqa fan yutuqlarini inobatga oldi. Akademik Oparin o’z gipotezasida yerdagi hayot boshqa planetalardan ko’chib kelmaganligini, balki materiyaning milliard yillar davom etgan rivojlanishi natijasi ekanligini qayd qildi.
Слайд 9BIOKIMYOVIY EVOLYUTSIYA
Yer bundan taxminan 4,5—5 milliard yillar oldin paydo bo‘lgan. Dastlab
Yer changsimon holatda, harorati juda yuqori (4000—8000°C) bo‘lgan. Asta-sekin sovish jarayonida og‘ir elementlar sayyoramizning markaziga, yengillari esa periferik qismiga joylasha boshlagan. Yerda eng qadimgi oddiy tirik organizmlar taxminan 3,5 milliard yil avval paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Hayot avval kimyoviy, keyin esa biologik evolutsiyaning mahsulidir. Kimyoviy evolutsiya Yerning birlamchi atmosferasi tarkibidagi N, H, C, O o‘zaro reaksiyaga kirishib ammiak, metan, uglerod oksidlari, vodorod sulfid, suv bug‘lari kabi oddiy organik birikmalarni hosil qilgan. Dastlabki juda kam miqdordagi erkin kislorod birikmalar tarkibiga kirib tamom bo‘lgan. Biologik monomerlar abiogen usulda sintezlangan.
Yerning sovishi natijasida birlamchi okeanlar hosil bo‘lgan. Suvdagi kislorod hisobiga oddiy organik birikmalar oksidlanib spirtlar, aldegidlar, aminokislotalar
hosil bo‘lgan, birlamchi okean murakkab organik moddalar bilan to‘yinib borgan.
Слайд 10Bundan 3,5 milliard yil oldin yerda tirik organizm kelib chiqqan,
unda
tirik vao’lik organizmni bir biridan farqlovchi xususiyatlari mavjud bo’lgan.
Tarkibidagi kimyoviy elementlari..
Tashqi muhit bilan energiya almashinuvi.
Ko’payish va o’z-o’zini hosil ilish.
Irsiyat.
O’zgaruvchanlik.
O’sish va rivojlanish.
Ta’sirlanish.
Barcha bir hujayralilardan tortib to odamlargacha bo’lgan barcha organizmlarda irsiy informarsiyani saqlaydigan birikma bu DNK va RNK dir
Слайд 11S.Miller birinchi bo’lib yer sharoitining
modelini yaratdi. U qizdirilgan metan,
ammiak, vodorod
va suv bug’lariga elektr uchqunita’sir qilib aminokislotalarni sintezlaydi.
(asparagin , glutamin, glitsin)
Слайд 12UYGA VAZIFA
Mavzuni qayta o’qish, konspekt
yozish va nazariyalarning biri bo’yicha
slayd
taqdimotini ishlab chiqish.
Слайд 15“Korrekatura” metodida o’qituvchi o’tilgan mavzu yuzasidan tayyorlangan matn qog’ozini o’quvchilarga tarqatadi.O’quvchilar
matndagi xatoliklarni aniqlab tagiga chizadilar.
Слайд 16So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu borasida qanday tushunchalarga ega ekanliklarini so’raydi,ular
tomonidan bayon etilgan tushunchalarni “Bilaman” nomli bandga yozadi. O’quvchilarda fikrlash qobilyatini cheklab qo’ymaslik uchun ushbu harakatda o’quvchilarning noto’g’ri fikrlari ham yoziladi.
O’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu yuzasidan yana nimalarni o’zlashtirishni hohlashlarini so’raydi va o’ylashga da’vat etadiO’quvchilar tomonidan aytilgan tushunchalar “Bilishni xohlayman” nomli bandga yozib boriladi.Har ikkala bandda ham faoliyat yakunlangach, o’qituvchi yangi mavzuni slaydlar yordamida bayon etadi.O’quvchilar o’qituvchini eshitib bo’lishgach, yana nimalarni bilib oldim ?“ degan savolga javob topishlari lozim bo’ladi.Guruhlardagi o’quvchilar o’zaro fikrlashib,yangi tushunchalarni bayon etdilar.
Слайд 17O’quvchilar bayon etgan yangi tushunchalarni o’qituvchi yozuv taxtasidagi “Bilib oldim” nomli
bandiga yozib boradi va umumlashtirib mavzu haqida o’z fikrlarini bayon qiladi.
Слайд 18“Zakovatli zukko” metodi.Bunda o’qituvchi tomonidan har bir guruhlarga to’tttadan tezkor savollar
beriladi. Guruhlardagi o’quvchilar savollarga qisqa muddatda aniq va to’g’ri javob berishlari zarur.
Слайд 19“INTERNET O’YINI”
Bunda kompyuterda videoproyektor orqali o’quvchilarga ko’rsatilayotgan raqamlar ketma ketligidagi yachiykalardan
har bir guruh 1 tadan tanlab oladi.
O’sha raqam ruknidagi savolga javob beradi.
Sichqoncha o’ng tugmasini yana bosganda o’sha savolning javobi ekranda chiqadi.
Слайд 20Pinbord metodi
( inglizchadan: pin - mustahkamlash, board - doska)
Bu o’qitish metodining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quv suhbati amaliy metod bilan bog’lanib ketadi. Uning afzallik funksiyalari- rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: o’quvchilarda muloqat yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi.
Слайд 21“BIOLOGIK LOTO”
Stol ustidan guruh o’quvchilar savolni oladi.
Olgan savolli kartochkaning orqasida biologiya
fanidagi biologik terminlarga tegishli rangli rasmning bir qismi boladi.
O’quvchilar o’z guruhining plakatidagi to’g’ri javob bor yacheykaga javobni aytib rasmni bir qismini yopishtirib qo’yadi.
Shu tariqa asosiy tushunchaga oid terma terminning to’liq rasm holati chiqadi.
Слайд 22“BLITS-SO’ROV”
Bu metod ketma- ketlik va izchillik yaratishga asoslangan.
Buning uchun guruh o’quvchilaridan
vakil doskaga chiqib o’tgan mavzuga tegishli bo’lgan tushunchalar keltirilgan so’z birikmalarida nuqtalar (………………. ) o’rnida yashiringan so’zlarni topadilar.
Har bir guruh 2 vakili plakatda keltirilgan so’z birikmalarida nuqtalar o’rnini to’ldiradilar.
Слайд 23“QARORLAR SHAJARASI”
Buning uchun har bir guruhga toza A1 qog’oz va 3
xil rangdagi markerlar , yangi mavzuning qisqacha asosiy matni va stikerlar tarqatiladi.
O’quvchilar ulardan foydalanib ijodiy fikrlab guruh o’quvchilarining mavzu haqida tasavvurlar ini xulosa o’rnida taqdimot qiladilar.
Taqdimotda guruhning 2 ta vakili ishtirok etadi.